Toshkent ko`chalaridagi tezlik pasaytirilishi mumkin

Jamiyat 29.09.2022, 20:45
Toshkent ko`chalaridagi tezlik pasaytirilishi mumkin

Ma`lum qilinishicha, bugun Sanoat, transport, qurilish, kommunal soha va aholiga xizmat ko`rsatish masalalari bo`yicha doimiy komissiyasi majlisida mazkur masala atroflicha muhokama qilindi

Ta`kidlanishicha, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 70-sessiyasida Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan Amir Temur, Farg`ona yo`li, Shota Rustaveli, Yangi Sergeli, Bobur va Bunyodkor ko`chalarida transport vositalarining yuqori tezligini 60 km.gacha cheklash masalasi kiritilgan edi.

Ba`zi ko`chalarda harakat xavfsizligini to`laqonli ta`minlash, o`lim bilan bog`liq yo`l-transport holdisalarining oldini olish va kamaytirish, shuningdek, harakat ishtirokchilari uchun etarli darajada qulay sharoitlar yaratish maqsadida trasport vositalarining harakat tezligini soatiga 50 km.gacha cheklash maqsadga muvofiq deb hisoblashdi. Bular jumlasiga Alisher Navoiy, Mahtumquli, Amir Temur, Kichik halqa avtomobil yo`li, Islom Karimov, Taras Shevchenko, Bobur va Furqat ko`chalarining bir qismi va Amir Temur xiyoboni aylanma yo`li kiradi.

Doimiy komissiyada mazkur masalani xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish ma`qullangani aytiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1