AsosiyJamiyat

Tibbiyot tizimidagi murojaatlarni hal etish uchun ommaviy qabul o`tkaziladi

'Tibbiyot tizimidagi murojaatlarni hal etish uchun ommaviy qabul o`tkaziladi'ning rasmi

Fuqarolarning sog`liqni saqlash sohasidagi murojaatlarini hal etish maqsadida 8 oktyabr kuni sog`liqni saqlash, tibbiyot hamda ijtimoiy himoya tizimidagi idora va tashkilotlar, shahar va tuman hokimliklari, hududiy tashkilotlar rahbarlari ishtirokida  ommaviy qabul o`tkaziladi. 

Aholi bilan ochiq muloqotda Vazirlar Mahkamasining ta`lim va sog`liqni saqlash masalalari kotibiyati, Sog`liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi, Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari pensiya jamg`armasi, Farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, “Dori-darmon” AJ, Toshkent shahri va tumanlari hokimlarining ushbu sohaga mas`ul o`rinbosarlari hamda boshqa idoralar rahbarlari fuqarolarni qabul qiladi.

Ommaviy qabul joriy yilning 8 oktyabr kuni soat 10:00 da Toshkent pediatriya tibbiyot instituti hududida o`tkaziladi.

 

    Boshqa yangiliklar