1

Surxondaryodagi bog`chada baxtsiz hodisa yuz berdi. 4 yoshli bola vafot etgan

Jamiyat 07.10.2022, 09:58
Surxondaryodagi bog`chada baxtsiz hodisa yuz berdi. 4 yoshli bola vafot etgan

Kecha, 6 oktyabr kuni Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi 21-sonli davlat maktabgacha ta`lim tashkilotida favqulodda baxtsiz hodisa yuz berdi, natijada 2018 yilda tug`ilgan tarbiyalanuvchi I.J. vafot etdi. Bu haqda Makatbgacha ta`lim vazirligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, tarbiyalanuvchi I.J. tashkilot hududidagi bolalar o`yin maydonidagi temir aylanada o`ynagan va ehtiyotsizlik natijasida hayot uchun xavfli bo`lgan jarohatlar olgan. O`limning aniq sababi va vaqti aniqlanmoqda.

Ehtiyotsizlik oqibatida voqea sodir bo`lgan vaqtdagi mas`ul shaxslarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan  choralar qo`llaniladi.

Ayni paytda mazkur baxtsiz hodisa tufayli 21-sonli davlat maktabgacha ta`lim tashkiloti direktori lavozimidan ozod etilib, viloyat Maktabgacha ta`lim boshqarmasi va tuman maktabgacha ta`lim bo`limi rahbariyatiga nisbatan intizomiy jazo choralari qo`llanilgan. Tarbiyachi va tarbiyachi yordamchisiga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Maktabgacha ta`lim vazirligining mas`ul xodimlari holatni nazoratga olgan.

 Maktabgacha ta`lim vaziri tomonidan bunday holatlar takrorlanmasligi hamda bolalar xavfsizligini ta`minlash maqsadida, respublikadagi barcha davlat maktabgacha ta`lim tashkilotlaridagi o`yin maydonchalarida joylashgan xavfli temir konstruksiyalarni inventarizasiyadan o`tkazish, ularni demontaj qilish, shuningdek, idoraviy qurilish me`yorlari va talablariga muvofiqlashtirish topshirig`i berildi.

Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati qo`shimcha ma`lumot taqdim etdi. Unga ko`ra, holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1