1

Andijon va Farg`onada 1-sinf o`quvchilariga xorijiy brend nomlari tushirilgan sumkalar berilgani aniqlandi

Jamiyat 07.10.2022, 10:32
Andijon va Farg`onada 1-sinf o`quvchilariga xorijiy brend nomlari tushirilgan sumkalar berilgani aniqlandi

Sal avval Andijon va Farg`ona viloyatlarida 1-sinfga borgan o`quvchilarga xorijiy brend nomlari tushirilgan qop-qora ryukzaklar berilgani haqida xabar qilingan edi. Mazkur holat o`rganildi, deya xabar bermoqda Adliya vazirligi matbuot xizmati. 

O`rganish davomida Baliqchi tumanida faoliyat yurituvchi «H.P.O.» xususiy korxonasiga tegishli ishlab chiqarish ob`ektlarida davlat ro`yxatidan o`tkazilgan xorijiy tovar belgilari, jumladan "GUSSI”, «FILA», «NIKE», «ADIDAS», “Hello Kitty” kabi kontrafakt o`quvchilar sumkalarini ishlab chiqarganligi hamda "O`quv ta`lim-ta`minot" davlat muassasasining shartnomasiga asosan Andijon va Farg`ona viloyatidagi umumta`lim maktablarining 1-sinf o`quvchilariga tarqatilganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan Adliya vazirligi tomonidan «H.P.O» xususiy korxonasiga nisbatan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 177-moddasi bilan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jinoyat ishlari bo`yicha Baliqchi tuman sudiga yuborildi. Sud qaroriga muvofiq huquqbuzarga BHMning 15 barobari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Shuningdek, Adliya vazirligining tegishli taqdimnomasiga asosan 3974 ta kontrafakt o`quvchilar sumkalari o`quvchlardan qaytarib olinib, sifatli o`quvchilar sumkalariga almashtirib berildi va bu kabi holatlar bartaraf etildi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1