1

O`zbekistonda dam olish kunlari kuzatiladigan ob-havo ma`lumoti e`lon qilindi

Jamiyat 07.10.2022, 11:21
O`zbekistonda dam olish kunlari kuzatiladigan ob-havo ma`lumoti e`lon qilindi

O`zbekistonda 8-11 oktyabr kunlari kuzatiladigan ob-havo ma`lumoti e`lon qilindi. Bu haqda "O`zgidromet" xabar berdi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 8-9 oktyabrda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq, 10 oktyabrda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq, 11 oktyabrda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja iliq, 9 oktyabrda 20-25 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 8 senyabrda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq, 9-10 oktyabrda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq, 11 oktyabrda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14 daraja iliq, kunduzi 24-29 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-11 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq bo`ladi.

Respublikaning tog`oldi va tog`li hududlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 8 oktyabrda 14-19 daraja iliq, 9-11 oktyabrda 12-17 daraja iliq bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1