AsosiyJamiyat

Toshkentda YPH xodimi haydovchi bilan janjallashdi (video)

'Toshkentda YPH xodimi haydovchi bilan janjallashdi (video)'ning rasmi

Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yo`l-patrul xizmati xodimi haydovchi bilan janjallashdi. 

IIBB holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, 7 oktyabr kuni shahar yo`l harakati xavfsizligi bo`limi inspektori B.Nazirxo`jaev Shayxontohur tumanidagi Bunyodkor va Islom Karimov ko`chalari chorrahasida tirbandlikni bartaraf etish maqsadida harakatni tartibga solib turgan.

Shuningdek, Lacetti haydovchisi 1984 yilda tug`ilgan E.A. uyali telefondan foydalanib, inspektorning ishorasiga bo`ysunmasdan chorrahaga kirib kelgan. Inspektor haydovchiga sodir etgan qoidabuzarligini tushuntirayotgan vaqtida haydovchi uning onasini haqorat qilgan, natijada o`zaro tortishuv yuzaga kelgan.

Haydovchining harakatlariga huquqiy baho berish maqsadida Shayxontohur tumani ichki ishlar organi faoliyatini muvofiqlashtirish bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv va yo`l-patrul xizmati inspektorining xatti-harakatlari yuzasidan shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilayotgani ma`lum qilingan.

    Boshqa yangiliklar