AsosiyJamiyat

Qonunga xilof ravishda ishdan bo`shatilgan 925 nafar shaxs ishga tiklandi, to`lanmay qolgan 61 mlrd. so`mlik ish haqlari undirildi – MIB

'Qonunga xilof ravishda ishdan bo`shatilgan 925 nafar shaxs ishga tiklandi, to`lanmay qolgan 61 mlrd. so`mlik ish haqlari undirildi – MIB'ning rasmi

Bu haqda AOKAda Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi mutasaddilari ishtirokida o`tkazilgan matbuot anjumanida ma`lum qilindi.


MIB organlari tomonidan o`tgan davrda jami 21,8 trln. so`mlik undiruvlar amalga oshirildi (o`tgan yilning shu davriga nisbatan 3,7 trln so`m ko`p). Davlat foydasiga 8,5 trln so`m, tadbirkorlik va boshqa sub`ektlari foydasiga 6 trln. so`m, banklarga 5,8 trln. so`m va fuqarolarimiz manfaatlari uchun 1,4 trln. so`mdan ortiq undiruvlar bajarildi.

Ehtiyojmand fuqarolarni qo`llab-quvvatlar uchun  joriy etilgan «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga 416,4 mlrd so`m yoki o`tgan yilning mos davriga nisbatan 69,1 mlrd. so`m ko`p mablag` yo`naltirildi.

Moddiy yordamga muhtoj farzandlar foydasiga 1 trln. so`mdan ortiq aliment pullari undirildi, shundan 9,2 mlrd. so`mlik 61 ta uy-joy va 636,6 mln. so`mlik 8 ta transport vositasi aliment oluvchilarga oldindan to`lov sifatida berilishi ta`minlandi.

20 mingga yaqin ishsiz aliment to`lovchi ishga joylashtirildi, 41 mingdan ortiq oilalarni yarashtirishga erishildi.
 

    Boshqa yangiliklar