Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yilning yanvar-sentyabr oylarida 3,6 mln. nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O`zbekistonga tashrif buyurgan.
Bu ko`rsatkich o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,5 mln. nafarga yoki 3,2 baravarga oshgan.
O`zbekistonga 9 oyda eng ko`p qaysi davlatlarning fuqarolari turistik maqsadda tashrif buyurgan?
— Qozog`iston – 1076,2 ming nafar
— Qirg`iz R. – 952,1 ming nafar
— Tojikiston – 950,3 ming nafar
— Rossiya – 395,1 ming nafar
— Turkiya – 53,3 ming nafar
— Janubiy Koreya – 13,3 ming nafar
— Germaniya – 13,5 ming nafar
— AQSh – 9,8 ming nafar
— Hindiston – 9,3 ming nafar
— Fransiya – 8,3 ming nafar
— Ozarbayjon – 7,3 ming nafar
— Isroil – 8,4 ming nafar
— Buyuk Britaniya – 7,7 ming nafar
— Italiya – 5,9 ming nafar
— Ispaniya – 4,3 ming nafar
08.10.2022 14:37
O`zbekistonga eng ko`p qaysi davlat fuqarolari turist bo`lib keladi?






