Davlat bojxona qo`mitasi quyidagi bo`sh lavozimlarga xotin-qizlarni xizmatga qabul qilish bo`yicha tanlov e`lon qiladi:
Andijon viloyati bojxona boshqarmasi “Do`stlik” chegara bojxona postiga 2 nafar bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi guruhi kichik inspektori;
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Sariosiyo” chegara bojxona postiga 3 nafar, “Ayritom” chegara bojxona postiga esa 1 nafar bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi guruhi kichik inspektori;
“Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksining “Toshkent” xalqaro aeroporti” chegara bojxona postiga 6 nafar bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi guruhi kichik inspektori.
Mazkur lavozimlarga tanlov asosida O`zbekiston fuqarolari, yoshi 17 dan kam bo`lmagan va 30 dan oshmagan, oliy ma`lumotga ega, o`zining shaxsiy, ishchanlik va axloqiy sifatlari, sog`ligi va jismoniy tayyorgarligi darajasiga ko`ra bojxona organi xodimining xizmat vazifalarini bajarishga qodir – bo`yi 160 sm.dan kam bo`lmagan AYoLLAR qabul qilinadi.
Nomzodlar iqtisodiyot, moliya, buxgalteriya hisobi va audit, soliq, bojxona ishi, yurisprudensiya, xorijiy filologiya, tovarshunoslik yoki oziq-ovqat texnologiyasi mutaxassisligiga ega bo`lishi hamda kamida bitta chet tilini bilishlari lozim.
Ishga kirish istagida bo`lgan nomzodlar quyidagi sahifa orqali onlayn ariza yuborishlari mumkin:
https://new.customs.uz/uz/services/vacancy
Arizalar 17 oktyabrga qadar qabul qilinadi.