AsosiyJamiyat

"Xalq banki" direktorining tug`ilgan kuni munosabati bilan foizsiz kredit berilayotgani haqida feyk xabarlar tarqalmoqda

'"Xalq banki" direktorining tug`ilgan kuni munosabati bilan foizsiz kredit berilayotgani haqida feyk xabarlar tarqalmoqda'ning rasmi

IIV Kiberxavfsizlik markazi firibgarlar tomonidan internetda tarqatilayotgan yana bitta feyk xabardan ogohlantirdi.  

Ta`kidlanishicha, telegram messenjeri orqali turli kanal va guruhlarda AT "Xalq banki" nomidan foydalanib yolg`on xabar tarqatilmoqda. Xabarlarda  "Xalq banki" mikrokredit tashkiloti direktorining tug`ilgan kuni munosabati bilan 20 oktyabrgacha 1.000.000 dan 50.000.000 so`mgacha foizsiz kredit berilayotgani aytilmoqda. 

"Shu mazmunidagi xabarlar kelsa, ASLO ularga IShONMANG. Ushbu xabarlar YoLG`ON.

Ehtiyot bo`ling firibgarlarning tuzog`iga tushib qolmang.

E`tiborli bo`ling, firibgarlar Siz orqali telegram messenjerida havolani boshqalarga tarqatishga urinmoqdalar.

Feyk xabarlarga aldanmang" – deyladi xabarda.

 

 

    Boshqa yangiliklar