AsosiyJamiyat

Qashqadaryo viloyati hokimining ikki nafar o`rinbosari lavozimidan ozod etildi, yana bir o`rinbosar va tuman hokimiga hayfsan berildi

'Qashqadaryo viloyati hokimining ikki nafar o`rinbosari lavozimidan ozod etildi, yana bir o`rinbosar va tuman hokimiga hayfsan berildi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimovning ikki nafar o`rinbosari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot kotibi xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, hokimlik soatida bir neta rahbar ishdan olingan, yana bir nechtasiga xayfsan berilgan. Jumladan:

  • Viloyat hokimi yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosari  Rustam Yuldoshev boshqa ishga o`tishi munosabati bilan vazifasidan ozod etildi. O`rniga Qobilov Anvar Eshpo`latovich tayinlandi

U O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Qashqadaryo viloyati filiali rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

  • Viloyat hokimining qurilish, kommunikasiyalar, kommunal xo`jalik, ekologiya va ko`kalamzorlashtirish masalalari bo`yicha o`rinbosari Akbar Eshonqulov ham boshqa ishga o`tishi munosabati bilan vazifasidan ozod etildi. Uning o`rniga Azizov Murodullo G`anievich tayinlandi. Murodullo Azizov tayinlovga qadar "O`zbekneftgaz" aksiyadorlik jamiyati tijorat departamenti boshlig`i o`rinbosari - marketing bo`limi boshlig`i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
  • Fuqarolar murojaatlari bilan ishlashdagi kamchiliklari uchun Chiroqchi tumani hokimiga “hayfsan” jazosi e`lon qilindi;
  • Turizm sohasidagi kamchiliklari uchun viloyat hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikasiyalar masalalari bo`yicha o`rinbosariga “hayfsan” jazosi e`lon qilindi.

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar