AsosiyJinoyat

Toshkent viloyatida uch kishi haydovchini 14 million so`m uchun o`ldirib ketishdi

'Toshkent viloyatida uch kishi haydovchini 14 million so`m uchun o`ldirib ketishdi'ning rasmi

Toshkent viloyatida uch kishi pul dardida taksichini o`ldirishdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov "Darakchi.uz"ga xabar berdi.  

Mudhish jinoyat joriy yilning 13 oktyabr kuni soat 23:00 larda sodir bo`lgan. 31 yoshli A.Nurillaev 19 yoshli D.Shaymanov hamda D.Hamroev  "Sirdaryo—Toshkent" yo`nalishida qatnovchi – haydovchi 26 yoshli A.Ernazarovning “Lasetti” avtomashinada pochta sifatida olingan 14 million so`m pul borligidan xabar topishadi. Ushbu mablag`ni qo`lga kiritish maqsadida ular o`zaro jinoiy til biriktirib, A.Ernazarovni aldov yo`li bilan Bo`stonliq tumani hududiga olib-borib kelishga ko`ndirgan. Quyi Chirchiq tumani "Tolovul" mahallasi hududiga borishgach, pullarini bosqinchilik yo`li bilan qo`lga kiritishgan va haydovchini bo`yinidan bo`g`ib, o`ldirishgan.

14 oktyabr kuni viloyat prokuraturasi tomonidan A.Nurillaev va uning sheriklariga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o`ldirish) 2-qismi "i,p" bandlari va boshqa moddalar bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, ular Jinoyat-prosessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

    Boshqa yangiliklar