Namangan viloyatining Pop tumanida is gazidan zaharlanish oqibatida uch kishi halok bo`ldi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, joriy yil 20 noyabr kuni soat 16:00 larda tumanning "Tinchlik" mahallasida yashovchi 51 yoshli E.T., voyaga etmagan 6 yoshli nabirasi F.T. hamda mehmonga kelgan qaynonasi 74 yoshli D.Y. uyni isitish uchun o`rnatilgan temirdan yasalgan pechkaga yoqilgan tabiiy gazdan chiqqan is gazidan zaharlanib, voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o`tamiz, bundan avval Jizzaxda 63 yoshli ayol va uning ikki nevarasi, Xorazmda ijara uyda ikki fuqaro va Qashqadaryoda 17 yoshli qiz is gazidan zaharlanib vafot etgan edi.