Rio–2016 Paralimpiya o`yinlarining ikkinchi kunida O`zbekiston terma jamoasi 3 bronza medalini ko`lga kiritib, medallar reytingida 6-o`rindan joy oldi.
O`zbekiston delegasiyasiga musobaqaning ikkinchi kunida medallarni dzyudochilar Feruz Sadiov, Tursunposhsha Nurmatova va o`q otish bo`yicha sportchimiz Server Ibragimov olib keldi.
Mazkur reytingni jami 49 ta (20-17-12) medal bilan hamon Xitoy borqarib bormoqda. Buyuk Britaniya ham ikkinchi o`rinni saqlab qoldi. Britaniyaliklar hisobida 27 ta (12-6-9) medal bor. Kuchli uchlikdan Ukraina termasi 26 ta (7-6-13) medal bilan joy oldi.






