AsosiyJamiyat

Nukus namoyishlari bo`yicha sud: Sudlanuvchilardan biri Dauletmurat Tajimuratovni  "firibgar" va "jinoyatchi" deb atadi

'Nukus namoyishlari bo`yicha sud: Sudlanuvchilardan biri Dauletmurat Tajimuratovni  "firibgar" va "jinoyatchi" deb atadi'ning rasmi

Bugun, 29 noyabr kuni soat 9:00da Nukus voqealari bo`yicha sudning ikkinchi kuni o`z ishini  boshladi.

Sud ishida ayblanuvchi A. Turdanov  ko`rsatma berdi. U 1-2 iyul kunlari Nukus shahridagi ommaviy tartibsizliklarda sportchilarning ishtirok etishini ta`minlagan va D. Tajimuratovni elkasiga o`tkazib, Jo`qorg`i Kengesni egallash maqsadida olib borgan.

Sudlanuvchi bu ishni o`zi xohlab amalga oshirgani, uni hech kim majburlamagani haqida gapirdi.

Azamat Turdanov, shuningdek, D. Tajimuratovga qarshi ko`rsatma berdi.  U Tajimuratovni  "firibgar" va "jinoyatchi" deb atadi. 

Eslatib o`tamiz, kecha boshlangan sud ishida 22 nafar ayblanuvchining ishi ko`rilmoqda. Ularga qanday ayblov qo`yilayotgani ma`lum qilindi. Nukus voqealarida ayblanayotganlar orasida IIB mulozimi ham bor.

    Boshqa yangiliklar