Nukus voqealarida hibsga olinganlar qiynoqqa solinganmidi?

Jamiyat 30.11.2022, 18:36
Nukus voqealarida hibsga olinganlar qiynoqqa solinganmidi?

Avval xabar qilganimizdek, Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar bo`yicha 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko`rib chiqish bo`yicha ochiq sud jarayonlari davom etmoqda. 

Sobiq siyosiy mahbus, Mustaqil komissiya a`zosi, Nukus voqealari ishtirokchilari sudini kuzatib borayotgan “Huquqiy tayanch”  birlashmasi rahbari A`zam Farmonov mahbuslarga nisbatan qiynoqlar qo`llanilmaganini ta`kidladi.

“Sud majlisida mahbuslarga qiynoqlar bo`yicha hech kim savol bergani yo`q. Ammo sudda so`roq qilinganlarning aksariyati “biz hukumatga qo`l ko`targan bo`lsak ham, ular bizga nisbatan noinsoniy harakat qilmadilar. Bizga judayam yaxshi muomalada bo`lishdi, uch mahal issiq ovqat berishdi. Turli vahimalar bo`ldi, bizning qiynoqqa solinayotganimiz haqida, lekin aslida unday emas. Faqat vijdonimiz og`riyapti, biz shuncha insonlarning o`limiga o`zimizni sababchi deb bilamiz”, deb gapirdilar.

Biz faqatgina 22 nafar mahbusning gaplaridan kelib chiqib, qiynoqlar qo`llanilmagani haqida xulosa qilmayapmiz. Shuncha odam qo`lga olindi, qanchasi ma`muriy javobgarlikka tortilgach, qamoqdan ozod etildi. Ularning birortasi qiynoqlar haqida davlat organlari yoki OAVga murojaat qilgani yo`q.

Bu gaplar ssenariy yoki spetakl emas, deb o`ylayman. Chunki bu haqda ulardan hech kim so`ragani yo`q, ularning o`zlari samimiy so`zlashmoqda. O`zlarining emas, vijdoni yoki yaqinlari qiynalgani haqida gapirishyapti. Shu bois bu boradagi gaplar uyushtirilmagan degan fikrdaman”, — deya ta`kidladi huquq faoli.

Eslatib o`tamiz, sal avval ularning har biriga qanday ayblov qo`yilayotgani ma`lum qilindi. Shuningdek, Nukus voqealarida ayblanayotganlar orasida IIB mulozimi ham borligi ma`lum bo`ldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1