Namangan va Qashqadaryo vilyaotlarida ham bog`cha, maktab hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, shuningdek oliy va o`rta maxsus ta`lim muassasalarida qishki ta`til 22 yanvarga qadar uzaytirildi. Bu haqda har ikkila viloyat hokimliklari xabar berdi.
Mazkur hududlarda ham o`quv mashg`ulotlari 23 yanvar, dushanba kunidan boshlanadi.
Eslatib o`tamiz, bundan avval Buxoro, Andijon, Xorazm, Surxondaryo, Toshkent viloyatlari hamda Qoraqalpog`iston Respublikasida bog`cha, maktab hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, oliy va o`rta maxsus ta`lim muassasalarida qishki ta`til 22 yanvarga qadar uzaytirildi.






