Biroz avval Nursulton Nazarboevning yuragi operasiya qilingani haqida xabar bergan edik.
Qozog`iston Milliy ilmiy kardiojarrohlik markazining jarrohlik direktori Yuriy Pyaning ma`lum qilishicha, sobiq prezidentda o`tkazilgan operasiya aslida 2022 yilda o`tkazilishi rejalashtirilgan hamda kardioxirurg nima uchun jarrohlik amaliyoti kechiktirilganini sababini tushuntirdi.
"Band bo`lgani uchun operasiyani o`ziga qulay bo`lgan vaqtda o`tkazishga qaror qildik. Jarrohlik amaliyotini bugun, 20 yanvarda o`tkazishga eelishdie", - deydi u.
Shuningdek, shifokorning so`zlariga ko`ra, birinchi prezidentning ahvoli hozirda qoniqarli darajada.
" Yaqin kunlarda Nursulton Nazarboevga javob beriladi. Operasiya 2,5 soatga yaqin davom etdi. Bu operasiya emas, balki diagnostika va davolash muolajasi amalga oshirildi", - deydi u.
20.01.2023 19:26
Nursulton Nazarboevning sog`lig`i haqida ma`lumot berildi
