AsosiyJamiyat

"O`zgidromet" 14 fevral kungi ob-havo ma`lumotlarini e`lon qildi

'"O`zgidromet" 14 fevral kungi ob-havo ma`lumotlarini e`lon qildi'ning rasmi

Bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`adi, Qoraqalpog`iston Respublikasida ba`zi joylarda biroz qor yog`adi. Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 4-9° iliq bo`ladi.

Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida biroz yomg`ir yog`adi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-9° iliq bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarida vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Qor ko`chishi xavfi bor. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2° sovuq-3° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar