Ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasalari agentligi tizimidagi “Yangi O`zbekiston” universitetida sun`iy intellekt bo`yicha yilning eng katta tadbirilaridan biri o`tkazildi. Bu haqda Darakchi.uz muxbiri xabar berdi.
Tadbirda yurtimizning IT bo`yicha ko`zga ko`ringan kompaniyalar vakillari bilan yoshlarimiz o`rtasida bevosita muloqot va mahorat darslari tashkil etib, yoshlarga soha yutuqlari hamda o`tgan 2022 yil davomida qanday natijalarga erishilganligi sarhisobi yuzasidan ma`lumotlar berildi.
Mazkur tadbir Maktabgacha va Maktab Ta`limi Vazirligi, “Yangi O`zbekiston” universiteti, Raqamli Avlod nodavlat notijorat tashkiloti, O`zbekiston Respublikasi Raqamli Texnologiyalar Vazirligi va boshqa ko`plab IT kompaniyalari bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. Shuningdek, tadbirda sun`iy intellekt sohasida etakchi hisoblangan Alif Tech, Uzum, Billz, Iman Invest, Uztelekom, Ucell, Mobiuz va boshqa kompaniyalar vakillari spiker sifatida ishtirok etdi.
Barchamizga ma`lumki, hozirgi kunda Sun`iy intellekt va robotlarning hayotimizdagi o`rni kundan kunga ortib bormoqda. Insonlardek fikrlay oladigan xavf-xatarlarni birdek aniqlay oluvchi zamonaviy texnika va texnologiyalarga bo`lgan talab ham juda yuqori. Ushbu tadbirga qiziqish bildirganlar sonidan ham buni anglash qiyin emas. Tadbirga yurtimizning turli joylaridan 1500 ga yaqin yoshlar qiziqish bildirishdi.
"O`ylaymizki, ushbu tadbir o`z kelajagiga befarq bo`lmagan va hozirda rivojlanib borayotga sun`iy intellekt sohasiga qiziqishi bor yoshlar uchun ajoyib imkoniyat bo`lib xizmat qiladi",–deydi tadbir tashkilotchilaridan biri.