Toshkent metropolitenining “Paxtakor” bekatida 20 fevral kuni 26 yoshli erkak o`zini poezd tagiga tashlashga urindi. Bu haqda IIV Transport va turizm ob`ektlarida xavfsizlikni ta`minlash departamenti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 1997 yilda tug`ilgan fuqaro D.O. joriy yilning 20 fevral kuni 19:20 larda metroning “Chilonzor” yo`nalishidagi “Paxtakor” bekatiga kelgan vaqtida joniga qasd qilish maqsadida o`zini elektropoezd yo`liga tashlamoqchi bo`lgan.
Bekat platformasida xizmat olib borayotgan xodim A.A.Dalaboev uni ushlab qolishga ulgurgan.
Surishtiruv ishlari davomida fuqaro D.O. 2016 yildan buyon ruhiy-asab kasalliklari dispanserida “Shizofreniya” tashxisi bilan ro`yxatda turishi ma`lum bo`lgan. Shundan so`ng onasi F.A voqea joyiga chaqirtirilib, fuqaro D.O. onasiga sog`-salomat xolda topshirilgan.






