Davlat xavfsizligi xizmati xodimlari er maydonlarini sotayotganlarni qo`lga olmoqda. Bu haqda DXX matbuot xizmati Darakchi.uz'ga ma`lum qildi.
Ma`lum qilinishicha, Koson tumanidagi f/x rahbari 49 yil muddatga ijaraga berilgan 50 gektar er maydonini xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 1 mlrd 200 mln so`m talab qilib, oldindan 590 mln so`m olgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, Kasbi tumanidagi f/x rahbari tanishi bilan birgalikda, mazkur xo`jalikning paxta va g`alla etishtirishga mo`ljallangan 35 gektar er maydonini 1 mlrd. 200 mln. so`mgp sotishga kelishib, oldindan 380 mln. so`m olgan vaqtlarida ushlangan.
Bundan tashqari, Kasbi tumanida f/x ish yurituvchisi mazkur xo`jalik rahbarining ishonchini suiiste`mol qilib, 14 gektar er maydonini 130 mln. so`mga sotgan vaqtida ushlangan.
Xuddi shuningdek, Sirdaryoda yashovchi shaxs fermer xo`jaligi tashkil etishi uchun ajratilgan 4,5 gektar er maydonini 30 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, oldindan 20 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlangan.






