AsosiyJamiyat

Bugun harorat 0 darajaga tushib, ba`zi joylarda yomg`ir qorga aylanishi mumkin

'Bugun harorat 0 darajaga tushib, ba`zi joylarda yomg`ir qorga aylanishi mumkin'ning rasmi

Bugun kunduz kuni yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Qoraqalpog`iston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5° iliq bo`ladi.

Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-4° iliq bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor), ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Qor ko`chishi xavfi bor. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5° sovuq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar