AsosiyJamiyat

Farg`onada ikki YTHda ikki nafar piyoda vafot etdi (video)

'Farg`onada ikki YTHda ikki nafar piyoda vafot etdi (video)'ning rasmi

Farg`ona viloyatida 2 piyoda o`limi bilan bog`liq yo`l transport hodisalari sodir bo`lgan. Bu haqda IIV Axborot xizmati ma`lum qildi. 

Aniqlanishicha, Farg`ona viloyatida Spark avtomobilini boshqarib kelayotgan haydovchi yo`lning belgilanmagan qismidan kesib o`tayotgan 59 yoshli piyodani urib yuborgan. Natijada, fuqaro og`ir tan jarohati olib, shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan.

Shuningdek, Farg`ona shahar Muruvvat mahallasi "Sanoat" ko`chasida ham avtomobil ayol piyodani urib yuborgan. Ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan piyoda hayotdan ko`z yumgan.

    Boshqa yangiliklar