Samarqand shahrida yashovchi, 1987 yilda tug`ilgan, muqaddam sudlangan shaxs Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroning ishonchiga kirib, u va uning turmush o`rtog`ini o`zining tanishlari yordamida dastavval Evropaga, so`ngra Meksika davlati orqali Amerika Qo`shma Shtatlariga yuborishni va`da qilib, evaziga 40 ming AQSh dollari talab qiladi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo`yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda Samarqand shahrida o`tkazilgan tezkor tadbirda, mazkur shaxs oldindan 12 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Tezkor surishtiruv harakatlari davomida u avval ham mo`maygina pul evaziga bir nechta fuqaroni Qo`shma Shtatlarga noqonuniy yuborganligi ma`lum bo`ldi.
Hozirda ushbu fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.