Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahridagi ko`p qavatli uylarning birida yong`in sodir bo`lgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat hokimligi matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
Ma`lum qilinishicha, Andijon shahridagi birinchi kichik dahada joylashgan ko`p qavatli uyning tomida yong`in chiqqan. O`t o`chirish guruhi tomonidan holat bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida jabrlangan yoki jarohat olganlar yo`q.
Hozirda etkazilgan moddiy zarar va yong`inning sababi o`rganilmoqda. Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov hududda bo`lib, holatni o`z nazoratiga olgan.
“O`rganishlar yakuniga ko`ra batafsil axborot berilishini ma`lum qilamiz”, — deyiladi xabarda.






