AsosiyJamiyat

Toshkent shahrida 10 martdan isitish mavsumi yakunlanishi rejalashtirilmoqda

'Toshkent shahrida 10 martdan isitish mavsumi yakunlanishi rejalashtirilmoqda'ning rasmi

martdan poytaxtda 2022–2023 yilgi isitish davri yakunlanishi rejalashtirilayotganini ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, isitish davri tashqi havoning o`rtacha sutkalik harorati 8 darajadan past bo`lgan 5 kunlik davr tamom bo`lgan kundan keyingi kundan boshlanishi, 8 darajadan yuqori bo`lganda esa tamomlanishi kerak.

"Shundan kelib chiqib, mart oyidan havo harorati isigani va o`rtacha sutkalik harorat 10 darajadan yuqori bo`layotganini inobatga olgan holda, 2023 yilning 10 mart kunidan 2022–2023 yilgi isitish davri yakunlanishi rejalashtirilayotganini ma`lum qilamiz", deyiladi hokimlik xabarida.

Ma`lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 15 iyuldagi "Kommunal xizmatlar ko`rsatishni tasdiqlash qoidalari to`risida"gi 194-sonli qaroriga muvofiq, xonalarni isitish ehtiyojlari uchun issiqlik energiyasini berishda Etkazib beruvchi isitish davrini Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan muddatlarda boshlaydi va tamomlaydi.

    Boshqa yangiliklar