O`zgidromet 7 mart kungi ob-havo ma`lumotlarini e`lon qildi.
Unga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida kechga tomon yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Navoiy, Qashqadaryo, Jizzax vilyatlarida ba`zida shamol 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23-28° iliq, janubda va cho`l hududlarda 30° liqgacha bo`ladi.
Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 25-27° iliq bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12-17° iliq bo`ladi.






