AsosiyJamiyat

Namanganda kanal bo`yida yong`in sodir bo`ldi (video)

'Namanganda kanal bo`yida yong`in sodir bo`ldi (video)'ning rasmi

Namangan shahrida joylashgan “Navbahor” stadioni hududida yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko`ra, 6 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Navbahor” stadionida yong`in sodir bo`lgani haqida xabarlar tarqalgan. Mazkur xabarga asosan tuman Favqulodda vaziyatlar yong`in qutqaruv ekipaji voqea joyiga borib o`rgandi. 

O`rganish jarayonida kanal yon atrofidagi qurigan o`tlar yongani aniqlandi, sodir bo`lgan yong`in natijasida yon atrofdagi binolarga zarar etmagan. Holat yuzasidan surushtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar