AsosiyJamiyat

“Qamchiq” dovonida tuproq ko`chkisi hodisasi sodir bo`ldi (video)

'“Qamchiq” dovonida tuproq ko`chkisi hodisasi sodir bo`ldi (video)'ning rasmi

Kecha, 6 mart kuni soat 20:17da A-373 avtomobil yo`lining “Vodiy-Toshkent” yo`nalishi 222,1 kilometrida 70 m³  tuproq-loy ko`chkisi hodisasi sodir bo`lib, yo`lning 2- va 3- tasmasiga qisman tushishi kuzatilgan. Bu haqda FVV xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, voqea joyiga “Qamchiq” Maxsus qidiruv, yong`in-qutqaruv boshqarmasi qutqaruvchilari etib borib, “Qamchiqavtoyo`l” IYFUK xodimlari bilan hamkorlikda yo`lini tuproq-loy massasidan tozalash ishlari amalga oshirdi va transport vositalarining xavfsiz harakati ta`minlangan.



Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q.

    Boshqa yangiliklar