Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchisi Baxtiyor Raxmonov jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ijrosini o`z vaqtida va sifatli ta`minlashda kamchiliklarga yo`l qo`ygan hokimlarni jazoladi. Bu bo`yicha shahar hokimi tegishli qaror qabul qilgan.
Unga ko`ra,
— Toshkent shahar hokimining birinchi o`rinbosari Shakirov Xotambek Anvarovich;
— Toshkent shahar hokimi o`rinbosari — uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish bosh boshqarmasi boshlig`i vazifasini vaqtincha bajaruvchisi Raximdjanov Shoxrux G`ayrat o`g`li;
— Chilonzor tumani hokimi Xolxo`jaev Saidqahhor Muhammadkarim o`g`li;
— Yunusobod tumani hokimi Abduvaliev Boxadir Abdulxaevich;
— “Munisipal aktivlarni boshqarish markazi” DUK bosh direktori Razzoqov Axad Anvarovichlarga o`rtacha oylik ish haqining 20 foizi miqdorida jarima jazosi qo`llanilgan.