AsosiyJamiyat

O`zbekistonda ayollarga qanday imtiyozlar bor?

'O`zbekistonda ayollarga qanday imtiyozlar bor?'ning rasmi

O`zbekistonda ayollarga qanday imtiyozlar borligini bilasizmi? Quyida faqat xotin-qizlargagina tegishli bo`lgan imtiyozlar bilan tanishingiz mumkin:

▫️ Xotin-qizlarga tadbirkorlikni yo`lga qo`yish uchun 33 million so`mgacha kreditlar ajratiladi

▫️ Ayollarni pensiya yoshiga to`lganligi sababli ish beruvchi tashabbusi bilan ishdan bo`shatish taqiqlanadi

▫️Ayrim toifadagi xotin-qizlarga OTMga kirish uchun tavsiyanoma beriladi

▫️"Ayollar daftari"ga kiritilganlarga kredit berilishi mumkin

▫️ Ishlaydigan onalarga bolani ovqatlantirishga tanaffus beriladi

▫️ Xotin-qizlarning kasb o`rganishga qilgan xarajatlarini davlat to`lab beradi

▫️ “Ayollar daftari”ga kiritilgan yolg`iz ayollarning farzandlari ham bog`chaga imtiyozli ro`yxat asosida qabul qilinadi

▫️ Og`ir ijtimoiy ahvoldagi xotin-qizlarga imtiyozli uy-joylar beriladi 

▫️ Faol va tashabbuskor xotin-qizlar “Mo``tabar ayol” ko`krak nishoni bilan taqdirlanadi

▫️12 yoshga to`lmagan bolasi bor ayollarga qo`shimcha ta`til beriladi

▫️ Ayrim xotin-qizlarning kontrakt puli davlat tomonidan to`lab beriladi 

▫️ 2 yoshga to`lmagan bolasi bor ayollar engilroq ishga o`tkaziladi

▫️ Homilador ayollar, 3 yoshga to`lmagan bolasi bor ayollarni ishga qabul qilishda dastlabki sinov qo`llanilmaydi

▫️ Rahbarlik lavozimiga tanlovda xotin-qizlar va erkaklarning teng ishtiroki ta`minlanadi

▫️ Ayrim ayollar 53 yoshda pensiyaga chiqishi mumkin

    Boshqa yangiliklar