Dili me nomi bilan ijod qiluvchi vayner guruh bo`lib bitta bolani kaltaklashgani uchun vaqtinchalik qamoqqa olingani haqida xabarlar tarqaldi.
Bosh prokuraturaning ma`lum qilinishicha, vayner 23 yanvar kuni sheriklari bilan fuqaro P.A.ni urib tan jarohat etkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Jinoyat ishi bo`yicha gumonlanuvchi bir necha marotaba chaqirtirilishiga qaramasdan tergovga kelishdan bo`yin tovlab kelgan.
Shu sababli unga nisbatan qidiruv e`lon qilingan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida O`.D. 10 mart kuni ushlanib, tergovga jalb qilingan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan mish-mishlarga ko`ra, vayner kaltaklagan P.A. o`zining kuyovi bo`lgan. Bunga sabab singlisiga qo`l ko`targani bo`lgan.