AsosiyJamiyat

Mirziyoev turk xalqini saylovda Erdo`g`anga ovoz berishga chaqirdi

'Mirziyoev turk xalqini saylovda Erdo`g`anga ovoz berishga chaqirdi'ning rasmi

Xabaringiz bor bugun, 16 mart kuni Turkiya poytaxti Anqarada bo`lib o`tgan Turkiy Davlatlar Tashkilotining navbatdan tashqari sammitidagi nutq so`zladi. 

Unda O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev butun turk xalqini kutilayotgan Prezidenti saylovida mamlakatning amaldagi Prezidenti va “Adolat va taraqqiyot” partiyasidan nomzod Rajab Toyib Erdo`g`anga ovoz berishga chaqirdi. 

“Tashkilotimizning qator davlatlari siyosiy voqealar, xususan, muhim saylovlar arafasida turibdi. Ushbu muhim tadbirlar yuqori saviyada va muvaffaqiyatli o`tishini chin dildan tilab qolaman.

Joriy yilda Turkiya Respublikasi tashkil topganining qutlug` 100 yilligi nishonlanadi”, deb gap boshladi Mirziyoev.

U so`nggi yigirma yilda Rajab Toyib Erdo`g`an rahbarligida Turkiya Jumhuriyatining xalqaro maydondagi obro` va nufuzi keskin yuksalgani, davlatning global iqtisodiyot va siyosatdagi o`rni va ta`siri izchil ortib borayotganini e`tirof etdi. 

“Zamonaviy va qudratli Turkiyaning bugungi barcha yutuqlarida va erishayotgan ulkan marralarida hurmatli Prezidentning mislsiz xizmatlari borligini alohida e`tirof etamiz. Shu bois, barcha qardosh xalqlarimiz nomidan turk eliga murojaat etib, saylovlarda muhtaram Rajab Toyib Erdo`g`an nomzodini to`liq qo`llab-quvvatlashga chaqiramiz.

Bizning ana shu umumiy istagimiz bugun qabul qilinayotgan Anqara deklarasiyasida o`zining ifodasini topishi ayni muddaodir”, deydi Shavkat Mirziyoev.

    Boshqa yangiliklar