AsosiyJamiyat

Shaharlararo yo`nalishlarda qo`shimcha avtobus qatnovlari tashkil etilmoqda

'Shaharlararo yo`nalishlarda qo`shimcha avtobus qatnovlari tashkil etilmoqda'ning rasmi

Transport vazirli Navro`z umumxalq bayrami munosabati bilan fuqarolarga qo`shimcha qulayliklar yaratish, yo`lovchilarni o`z vaqtida manzillariga xavfsiz etkazib qo`yishni tashkil etish uchun “Toshkent” avtovokzalidan kunlik tasdiqlangan grafik asosida qatnovchi reyslaridan tashqari qo`shimcha qatnovlarni tashkil etmoqda. Bu haqda Transport vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.


Xususan, 14–19 mart kunlari jami 34 ta qo`shimcha reyslar tashkil etilishi rejalashtirilgan. 
16 mart kuni Qorako`l (1 ta), Uzun (2 ta), Xiva (4 ta), Termiz (3 ta) shaharlariga qo`shimcha 10 ta reys tashkil eitildi.
Eslatib o`tamiz, talab yuqori bo`lgan yo`nalishlarda yo`lovchilar oqimidan kelib chiqib, yana qo`shimcha reyslar tashkil qilinadi.

    Boshqa yangiliklar