O`zbekiston rasmiylari BMT Inson huquqlari bo`yicha Bosh komissari Folker Turkka Qamoqdagi qiynoqlar va shafqatsiz munosabatga qonunda ham, amalda ham umuman yo`l qo`ymaslik, Qiynoqlarga qarshi Konvensiyaning Fakultativ protokolini ratifikasiya qilish ustida ish olib borayotganiga kafolat berdi. Bu haqda Folker Turkning kecha, 15 mart kuni BMTning O`zbekistondagi vakolatxonasida jurnalistlar bilan bo`lib o`tgan matbuot anjumanida ma`lum qildi.
“O`zbekiston qiynoq holatlarini aniqlash va oldini olishning asosiy mexanizmi – Qiynoqlarga qarshi Konvensiyaning Fakultativ protokolini ratifikasiya qilish ustida ish olib borayotgani haqida mening idoramga kafolatlar berdi. Bu tez amalga oshirilishiga ishonaman. Bunda albatta, gapdan ko`ra, amal muhim. Kengroq qilib aytganda, huquqni muhofaza qilish va odil sudlovni amalga oshirish bilan bog`liq davom etayotgan islohotlar jarayonida inson huquqlari nuqtai nazarini kuchaytirish zarur.
“Nodavlat tashkilotlar aralashuvlardan xoli muhitda erkin faoliyat yuritishi juda muhim. Xuddi shunday, turli xil qarashlarni rag`batlantirish va fuqarolik jamiyatini kengaytirish uchun plyuralistik muhit zarurdir”, deya o`z fikrini bildirib o`tdi Folker.