AsosiyJamiyat

O`zbekiston Yaponiyadan 200 million dollar qarz oladi

'O`zbekiston Yaponiyadan 200 million dollar qarz oladi'ning rasmi

O`zbekiston hukumati Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)dan 200 million AQSh dollari miqdorida imtiyozli qarz jalb qiladi. Ushbu mablag`lar mamlakatda meva-sabzavotchilik tarmog`ida qo`shilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish loyihasini moliyalashtirish uchun sarflanadi. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.

Loyihada ishtirok etuvchi moliya tashkilotlariga kreditlar o`zbek so`mida taqdim etiladi. AQSh dollariga nisbatan o`zbek so`mining valyuta kursi tebranishlari tufayli yuzaga keladigan xarajatlar respublika byudjeti hisobidan qoplanadi.

Kreditlar loyiha tashabbuskorlariga Markaziy bankning asosiy stavkasida ajratiladi.

    Boshqa yangiliklar