“Navro`z” umumxalq bayrami munosabati bilan 18-mart kuni poytaxtimizda Otliq kavaleriya paradi o`tkaziladi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shu munosabat bilan soat 17:00dan 18:00ga qadar bir necha ko`chalar qisman yopiladi.
- “O`zbekiston mehmonxonasi” avtoturargohidan Maxtumquli kochasi boylab Amir Temur xiyoboni aylanma yoligacha va ushbu aylanma yol;
- Amir Temur xiyobonidan Amir Temur shoh ko`chasi bo`ylab Alisher Navoiy ko`chasi bilan kesishmasigacha;
- Amir Temur shoh ko`chasi va Alisher Navoiy ko`chasi kesishmasidan "Hyatt regency" mehmonxonasi avtoturargohigacha.
"Noqulayliklar uchun uzr so`raymiz va haydovchilarga aylanma yo`llardan foydalanishni tavsiya etamiz" deyiladi xabarda.
18.03.2023 14:53
Bugun Toshkentda otliq kavaleriya paradi o`tkaziladi
