1

Samarqand va Marg`ilonda er maydonlarini ajratib berishni va`da bergan firibgarllar qo`lga olindi

Jinoyat 18.03.2023, 15:29
Samarqand va Marg`ilonda er maydonlarini ajratib berishni va`da bergan firibgarllar qo`lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Samarqand viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi. 

Unda, fuqaro S.S. va boshqalar Payariq tumanidagi “O`.B.” fermer xo`jaligining 0,70 gektar er maydonini issiqxona qurish uchun fuqaro S.I.ga ajratib, hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 4 500 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Departamentning Marg`ilon shahar bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “I.F.” AJ buyum bozori nazoratchisi A.Sh. va fuqaro S.S. tadbirkor X.I.ga ushbu buyum bozori hududidan savdo nuqtasi uchun er maydoni ajratib, hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 25 mln so`mini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganliklari aniqlanib, ushbu pullarni to`liq qaytarganligi prosessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1