AsosiyJamiyat
1363

2 aprel kuni Toshkentda ayrim ko`chalarda avtotransport vositalarining harakat cheklanadi

'2 aprel kuni Toshkentda ayrim ko`chalarda avtotransport vositalarining harakat cheklanadi'ning rasmi

Toshkent shahar hokimligining ma`lum qilishicha, 9 aprel — sohibqiron Amir Temur tavalludining 687 yilligi munosabati bilan “Temurbeklar maktabi” hamda “Yosh chegarachi” akademik liseylari o`rtasida yugurish musobaqasi o`tkaziladi.

 Shu sababli, joriy yilning 2 aprel kuni soat 07:00 dan 10:00 ga qadar quyidagi ko`chalarda avtotransport vositalarining harakat cheklanadi:

  •   Yangizamon ko`chasining Sayhun ko`chasidan Eski Sariko`l ko`chasigacha bo`lgan qismi;

 

  •   Eski Sariko`l ko`chasining Yangizamon ko`chasidan Abu Sulaymon Banokati ko`chasigacha bo`lgan qismi;

 

  •   Abu Sulaymon Banokati ko`chasining Eski Sariko`l ko`chasidan Abdurauf Fitrat ko`chasigacha bo`lgan qismi;

 

  •   Abdurauf Fitrat ko`chasining Abu Sulaymon Banokati ko`chasidan Yangizamon ko`chasigacha bo`lgan qismi.

 

Haydovchilardan keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so`ramoqda va shu vaqt oralig`ida aylanma yo`llardan foydalanishlari tavsiya etilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar