Toshkent shahar Uchtepa tumanida 8 ta mashina ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, 31 may kuni soat 21:00 larda Uchtepa tumani THAY - Zargarlik ko`chalari kesishgan chorrahada 8 ta transport vositasi ishtirokida yo`l-transport hodisasi kuzatilgan. Xususan,
- "KAMAZ" yuk mashinasi;
- Lacetti avtomashinasi;
- Spark avtomashinasi;
- Lacetti avtomashinasi;
- Spark avtomashinasi;
- Lacetti avtomashinasi;
- Nexia-3 avtomashinasi;
- Matiz avtomashinalari ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`lgan.
YTH oqibatida Lacetti avtomashinasi haydovchisi tan jarohati olib, shifoxonaga olib ketilgan. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.