AsosiyJamiyat

Namanganga uchayotgan samolyot bortidagi homilador ayolni to`lg`oq tutgani uchun Toshkentga qo`ndirildi

'Namanganga uchayotgan samolyot bortidagi homilador ayolni to`lg`oq tutgani uchun  Toshkentga qo`ndirildi'ning rasmi

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Moskva — Namangan yo`nalishi bo`yicha HY9620 reysini amalga oshirayotgan samolyoti Toshkentga favqulodda qo`ndi. Bortida 171 yo`lovchi bo`lgan samolyot mahalliy vaqt bilan soat 14:42 da Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo`ndi. Bu haqda kompaniya Matbuot xizmati xabar berdi.

Qo`nishga sabab tug`ruq boshlangan homilador yo`lovchi bo`lgan. Ekipaj samolyotni eng yaqin aeroportga qo`ndirishga qaror qildi.

Aeroportga qo`ngach, yo`lovchi tez yordam mashinasida olib ketilgan va malakali yordam ko`rsatish uchun tibbiy muassasaga yotqizilgan.

    Boshqa yangiliklar