AsosiyDunyo

AQSh va Evropa Ittifoqi Ozarbayjonni Qorabog`dagi harbiy harakatlarni to`xtatishga chaqirmoqda

'AQSh va Evropa Ittifoqi Ozarbayjonni Qorabog`dagi harbiy harakatlarni to`xtatishga chaqirmoqda'ning rasmi

Evropa Ittifoqi Ozarbayjon hukumatini Tog`li Qorabog`dagi harbiy amaliyotlarni to`xtatishga chaqirmoqda. Bu haqda Evropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo`yicha oliy vakili Xosep Borrel bayonotida aytiladi.

“Evropa Ittifoqi aloqa chizig`i va Qorabog`ning boshqa qismlarida harbiy kuchayishni qoralaydi. EI mojaroning kuchayishi oqibatida insonlar halok bo`lganidan afsusda”, — deyiladi janob Borrel bayonotida.

Shuningdek, hujjatda “Biz jangovar harakatlarni zudlik bilan to`xtatishga chaqiramiz va Ozarbayjonni hozirgi harbiy harakatlarni to`xtatishga chaqiramiz”, deyilgan.

Eslatib o`tamiz, bugun - 19 sentyabr kuni Ozarbayjon qurolli kuchlari Tog`li Qorabog`dagi pozisiyalarini o`qqa tuta boshladi. Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi Armaniston qo`shinlarini Qorabog`dan olib chiqib ketish talablarini ilgari surdi. Armaniston Tashqi ishlar vazirligi mintaqada mamlakat qurolli kuchlari yo`qligini ma`lum qildi.

Evropa Ittifoqining bayonotidan so`ng Amerika Qo`shma Shtatlari ham Ozarbayjonni harbiy harakatlarni to`xtatishga chaqirgan.

Fransiya BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda yig`ilishini chaqirishni talab qilib qilgan. Yig`ilish 21 sentyabr, payshanba kuni bo`lib o`tadi.

Qorabog`dagi mojaroning kuchayishi fonida yuzlab odamlar Armanistondagi  hukumat binosiga yig`ilib, bosh vazir Pashinyan siyosatiga qarshi bosh ko`tarishdi.  

Turkiya rahbari Erdo`g`on BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqida Qorabog` Ozarbayjon tuprog`i ekanligini, u uning hududiy yaxlitligini himoya qilish va u bilan birga bo`lish yo`lidagi qadamlarni qo`llab-quvvatlashini ma`lum qilgan.

    Boshqa yangiliklar