Bugun, 20 sentyabr kuni soat 07:30larda Chust tumanida yana bir ayanchli YTH sodir bo`ldi. Bu haqda “darakchi.uz” manbasi xabar bermoqda.
Ma`lum bo`lishicha, “Namangan-Toshkent” yunalishida xarakatlangan “VOLWO DAF” rusumli yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo`qotib, qarama- qarshi yo`nalishga o`tganligi oqibatida “Damas” va “LABO” rusumli avtomobillari ishtirokida YTH sodir bo`lgan.
YTH oqibatida 5 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan dastlabki tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o`tamiz, sal avval, Buxoroda sodir bo`lgan YTHda 8 nafar namanganlik, Qoraqalpog`istondagi YTHda 7 kishi, kecha tunda Toshkentdagi avtohalokatda esa 3 kishi halok bo`lgani xabar qilingan edi.






