AsosiyJamiyat

O`ta xavfli jinoyatchi Nodir Yunusov “Samo” MChJ ta`sischilari ro`yxatidan g`oyib bo`ldi

'O`ta xavfli jinoyatchi Nodir Yunusov “Samo” MChJ ta`sischilari ro`yxatidan g`oyib bo`ldi'ning rasmi

Odam savdosi va firibgarlikda ayblanib, AQSh bojxona va immigrasiya nazorati xizmati tomonidan qidiruvga berilgan, Sog`liqni saqlash vazirligiga “Antistrumin” dori vositasini bozor narxidan ikki barobar qimmatga (5500/6500 so`mdan) sotgan “Samo” MChJ ta`sischilaridan biri — Yunusov Nodir Baxtiyorovoch mazkur MChJ hamda “Fazo-Luxe” MChJ ta`sischilari ro`yxatidan chiqib ketdi.

U O`zbekistondagi maktab va bog`chalarga “Antistrumin” preparatini etkazib berish bo`yicha tenderda g`olib chiqqan kompaniya asoschisi edi.

Orginfo’da oxirgi marta iyul oyida yangilangan ma`lumotga ko`ra, Nodir Yunusov “Fazo-Luxe” MChJning 2,4 foiz ulushiga, “Samo” MChJning esa 6,9 foiz ulushiga egalik qilayotgandi. 

29 sentyabr holatiga esa u har ikkisining ta`sischilari ro`yxatidan g`oyib bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar