AsosiyDunyo

Daniyada Qur`onni yoqish taqiqlandi

'Daniyada Qur`onni yoqish taqiqlandi'ning rasmi

Daniya parlamenti diniy matnlarni yoqishni taqiqlovchi qonunni qabul qildi.

"Daniya parlamenti Qur`onni yoqishni taqiqlovchi qonunni qabul qildi", - deyiladi agentlik bayonotida.

Qayd etilishicha, qonun parlamentda 94 nafar yoqlab, 77 nafar qarshi ovoz bilan qabul qilingan.

Shvesiya va Daniyada musulmonlar uchun muqaddas Qur`onni tahqirlash va yoqish bilan bog`liq norozilik namoyishlari bir necha bor bo`lib o`tgan. Islom Hamkorlik Tashkiloti va uning ko`plab a`zolari bunday harakatlarni keskin qoraladi.

    Boshqa yangiliklar