AsosiyDunyo

"Men hazillashayotganim yo`q!" Rossiyalik yozuvchi sobiq SSSR davlatlarini, jumladan O`zbekistonni Rossiya tarkibiga qo`shib olishni taklif qildi (video)

'"Men hazillashayotganim yo`q!" Rossiyalik yozuvchi  sobiq SSSR davlatlarini, jumladan O`zbekistonni Rossiya tarkibiga qo`shib olishni taklif qildi (video)'ning rasmi

Zaxar Prilepin sobiq SSSR hududlarini Rossiya Federasiyasi tarkibiga qo`shib olishni va uning aholisiga rus tilini o`rgatishni taklif qildi - u muhojirlar muammosini shunday hal qilishga umid qilmoqda.

Ma`lum qilinishicha, yozuvchi Moskvada o`zining "qo`mondonlar kengashi" faoliyati haqida matbuot anjumani o`tkazgan. Unda u kelajak rejalari haqida gapirdi, Putinning beshinchi prezidentlikka nomzodini qo`llab-quvvatladi va tarafdorlarining savollariga javob berdi. Ulardan biri demografiyadagi muammolar va migrantlar bilan mojarolarga bag`ishlandi. Prilepinning ta`kidlashicha, bu muammolarni hal qilish uchun ko`proq bola tug`ish kerak: "Ruslar qancha ko`p bo`lsa, ko`p sonli kelgan odamlar o`zini noto`g`ri tutish bilan bog`liq muammolar kamroq bo`ladi". Yozuvchining qo`shimcha qilishicha, migrantlarni Rossiyada emas, balki ular kelgan davlatlarda, masalan, O`zbekistonda, o`qitish kerak. 

“Men hazillashayotganim yo`q. Biz Sovet Ittifoqining parchalanishini rad etish mavzusini ko`taramiz, bu bizga istalgan vaqtda aytishga imkon beradi: “Bizning ikki million fuqarolarimiz sizning hududingizda ekan, biz sizning hududingizga da`vo qilamiz. Chunki ko`pchilik allaqachon shu erda, hattoki bunga ovoz berishgan”, - deydi yozuvchi. 

Eslatib o`tamiz, avvalroq, O`zbekiston prezidenti maslahatchisi Qahramon Quranboev Rossiya hukumatidan mamlakatda migrant bolalar uchun bog`cha va maktablar ochishga yordam berishni so`raganda Rossiya dumasi deputati Mixail Delyagin esa bu tashabbus noqonuniy ekanligini aytgan edi.

"Faqat o`zbek bolalar uchun maktablar ochish Rossiya fuqarolariga nisbatan kamsitish. O`zbekiston, albatta, bolalar bog`chalari va maktablarni qurishi kerak, lekin faqat o`z hududida", - degan edi rus deputati.

Rus hamkasbining bu e`tiroziga javoban Bobur Bekmurodov Rossiya ularni tekinga boqmayotganini bildirgan. Alisher Qodirov esa unda "O`zbekistonda ham rus tiliga munosabat shunga yarasha bo`lishi kerak!" - degan edi. 

Shuningdek, sal avval Rossiya Davlat Dumasi vise-spikeri Pyotr Tolstoy sobiq Sovet ittifoqiga kirgan davlatlarda, xususan, O`zbekistonda Rossiyada ishlayotgan migrantlar hisobidan rus tilida o`qitiladigan maktablar qurishni taklif qildi.  Unga “Yuksashish” rahbari, deputat Bobur Bekmurodov Tolstoyning bu taklifiga javob qaytardi. Shuningdek, "Milliy tiklanish" partiyasi rahbari Alisher Qodirov ham rus mulozimining fikrlariga o`z munosabatini bildirdi. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar