Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida yashovchi, 21 yoshli fuqaro 2018-2023 yillar davomida ijtimoiy tarmoqlar orqali xalqaro terroristik tashkilotlar g`oyaviy rahnamolarining ”hijrat“ va ”jihod”ga chorlovchi audio-video ma`ruzalarini tinglab, tomosha qilgan.
Xabar berishicha, u “Telegram“messendjerida 11 ta kanal ochib, ekstremistik mazmundagi g`oyalarni targ`ib qilish bilan ham shug`ullangan. Hatto unda Suriyaga borib, «jihod» qilish istagi paydo bo`lgan va ayni shu maqsadda ijtimoiy tarmoqlar orqali o`zgalardan kerakli maslahatlarni olgan.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan uning Suriya davlatiga ketishi oldi olingan hamda unga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Jinoyat ishlari bo`yicha Qamashi tuman sudi hukmiga ko`ra, mazkur shaxs Jinoyat Kodeksining 244 prim 1-moddasi 3-qismi «g» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.






