AsosiyJamiyat

Yangi yil bayrami kuni avtobuslar harakati soat 01:00 gacha uzaytirildi

'Yangi yil bayrami kuni avtobuslar harakati soat 01:00 gacha uzaytirildi'ning rasmi

2023 yil 31 dekabr kuni Yangi yil bayrami va  aholiga ko`rsatilayotgan jamoat transporti xizmati sifatini oshirish, yo`lovchilar tashish uzluksizligini ta`minlash maqsadida, barcha avtobus yo`nalishlarining ish vaqtlari 1 yanvar soat 01:00 ga qadar uzaytiriladi. Bu haqda "Toshshahartransxizmat" ma`lumot berdi. 

«Shu bilan birga, poytaxtimizning 18 ta manzilida bezatilgan yangi yil archalariga oilangiz, yaqinlaringiz, hamkasblaringiz yoki do`stlaringiz bilan avtobus va elektrobuslar orqali etib olishingiz mumkin.

Bayram kunlari transportlar harakati ko`payishini inobatga olgan holda, shaxsiy avtomobilda harakatlanishdan voz kechib, jamoat transportidan foydalanishingizni taklif etamiz», deyiladi ma`lumotda.

Ma`lumot uchun 31 dekabr kuni Toshkent metrosida harakatlanish bepul.

    Boshqa yangiliklar