AsosiyJamiyat

Yangi yil bayrami kuni Namangan shahrida avtobuslar bepul xizmat ko`rsatadi

'Yangi yil bayrami kuni Namangan shahrida avtobuslar bepul xizmat ko`rsatadi'ning rasmi

Namangan viloyati hokimi tashabbusiga asosan, Yangi yil bayramida aholiga qo`shimcha qulaylik yaratish maqsadida 31 dekabr kuni shahar ichi yo`nalishidagi avtobuslar bepul xizmat ko`rsatadi.

Xususan, Namangan shahar yo`nalishida 1-sonli "3-kichik tuman – Taxtako`prik", 7-sonli "Oromgoh – Eshobod“, 10-sonli "Xamza – Go`zal", 12-sonli "Suv xo`jaligi – Chorsu", 13-sonli "Chorsu – 1-kichik tuman", 18-sonli "Irvadon – Chorsu", 21-sonli "1-kichik tuman – Jahon bozori", 23-sonli "Axsikent – 36-maktab", 29-sonli "Sherbuloq – Chorsu" yo`nalishida harakatlanuvchi avtobuslar xizmatidan yo`lovchilar bepul foydalanishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar